
No reviews
Uzbek
556 pages
2026
Firdavs-Shoh nashriyoti
O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, folklorshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor Mamatqul Jo‘rayevning “Tanlangan asarlar” ikkinchi jildiga an’anaviy xalq taqvimi bilan bog‘liq bo‘lgan mavsumiy marosimlar folkloriga oid tadqiqotlari jamlangan. Mazkur jild olimning 2008-yilda nashr etilgan “O‘zbek mavsumiy marosim folklori” va 2009-yilda chop etilgan “Navro‘z bayrami” monografiyalari asosida nashrga tayyorlandi. Jildda xalq taqvimining genezisi, dehqon va chorva hisoblarining o‘ziga xos xususiyatlari hamda o‘zbek mavsumiy marosimlar folklorining janrlar tarkibi yoritilgan.



