
O‘ZBEK ETNOFOLKLORSHUNOSLIGI: SHAKLLANISHI VA TARAQQIYOT OMILLARI
(Mamatqul Jo‘rayev ilmiy merosi misolida)
Etnofolkloristika – folklorshunoslikning xalq og‘zaki ijodi namunalarini etnografik voqelik va hodisalar bilan o‘zaro aloqadorlikda o‘rganuvchi ilmiy yo‘nalish sanaladi. U folklor asarlarini muayyan xalqning “etnomadaniy qiyofa”si doirasida, ya’ni uning madaniy, etnografik, tarixiy hamda tabiiy-geografik muhiti bilan uzviy bog‘liq holda tadqiq etishni nazarda tutadi. Zero, folklor namunalarining vujudga kelishi, saqlanishi va avloddan avlodga o‘tib ommalashuvi, xalqning turmush tarzi, urf-odat va an’analari, milliy tafakkuri, dunyoqarashi bilan chambarchas bog‘langan. Shu sababli folklor asarlarini uni yuzaga keltirgan etnografik muhitdan ajratib o‘rganish uning mazmun-mohiyatini to‘la anglash imkonini bermaydi. Ushbu monografiyada o‘zbek etnofolklorshunosligining mustaqil ilmiy soha sifatida shakllanish bosqichlari va taraqqiyot omillarini professor Mamatqul Jo‘rayevning fundamental tadqiqotlari hamda ilmiy merosi misolida kompleks, tizimli, konseptual jihatdan ochib berilgan hamda sohaning nazariymetodologik asoslari tadqiq etilgan.
Similar books
Other books in Philology



