Skip to main content
OPPOQ UNNING URVOG‘I

OPPOQ UNNING URVOG‘I

(Qorako‘l vohasi xalq qo‘shiqlari)

No reviews
Uzbek
164 pages
2021
Lesson press
Xalq ijodi – qaynar buloq. Asrlar ardog‘ida sayqallanib kelgan fusunkor ohanglarning bamisoli kamalakdek serjiloligi kishini hayratda qoldiradi. Xilma-xil janrlardan iborat xalq og‘zaki badiiy ijodiyotining «oltin sandig‘i»ni ochish esa madaniyatimizning eng qadimiy va nafis durdonalaridan bahramand bo‘lish imkonini beradi. Zero, Buxoro viloyatining Qorako‘l va Olot tumanlari bo‘ylab o‘tkazilgan folklor ekspeditsiyalarida yozib olingan xalq ijodi namunalari – allalar, erkalamalar, olqishlar, turli xil urf-odat va marosimlarda ijro etiladigan qo‘shiqlardan tuzilgan ushbu kitob ham xalqimiz badiiy dahosining naqadar buyukligini ko‘rsatadi.