
FANLARARO INTEGRATSIYALASH ASOSIDA BOʻLAJAK BOSHLANGʻICH TAʼLIM OʻQITUVCHILARNING AXBOROT TEXNOLOGIYALARIGA OID KOMPETENTLIGINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu monografiya Fanlararo integratsiyalash asosida boʻlajak boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining axborot texnologiyalariga oid kompetentligini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan. Asarda zamonaviy taʼlim tizimida fanlararo yondashuvning pedagogik-metodik ahamiyati, uning boʻlajak oʻqituvchilarning kasbiy tayyorgarligida tutgan oʻrni ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan. Monografiyada axborot texnologiyalarini boshlangʻich taʼlim fanlari bilan integratsiyalash orqali oʻqituvchilarning raqamli kompetentligini shakllantirish mexanizmlari, samarali oʻqitish modellari hamda innovatsion taʼlim texnologiyalaridan foydalanish usullari yoritilgan. Shuningdek, fanlararo integratsiya asosida tashkil etilgan oʻquv jarayonining mazmuni, shakl va metodlari tahlil qilinib, ularni amaliyotga joriy etish boʻyicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Monografiya materiallari pedagogika oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, doktorantlar, magistrantlar hamda boshlangʻich taʼlim sohasida faoliyat yuritayotgan amaliyotchi oʻqituvchilar uchun moʻljallangan.
Similar books
Other books in Pedagogy


