
Ushbu darslik arxivshunoslik fanining nazariy va amaliy asoslarini tizimli yoritishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda arxiv ishi rivojining tarixiy bosqichlari, zamonaviy tamoyillari hamda hujjatlar bilan ishlashning ilmiy-uslubiy tomonlari keng qamrab olingan. Darslikda arxivshunoslik fanining predmeti, maqsadi va vazifalari izchillikda yoritilib, arxiv ishining jamiyat tarixiy xotirasini saqlashdagi o‘rni asoslab berilgan. Markaziy Osiyodagi ilk arxivlardan boshlab, o‘rta asrlar, Chor Rossiyasi mustamlakachiligi davri, Sovet davri hamda mustaqillik yillarida O‘zbekistonda arxiv ishining shakllanishi va rivojlanishi tahlil etiladi. Darslik oliy ta’lim muassasalarining tarix, arxivshunoslik, hujjatshunoslik yo‘nalishlari talabalari, magistrantlar, tadqiqotchilar hamda arxiv tizimida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u nazariy bilimlarni amaliy ko‘nikmalar bilan uyg‘unlashtirishga xizmat qiladi.
Similar books
Other books in History

O‘zbekistonning elektroenergetika sanoati tarixi
Shoira Xakimova

РАLЕОЕKОLОGIYА VА SIVILIZАTSIYА DINАMIKАSI
Tursunov Asror, Raxmatova Dilnavoz Djurakobilovna, Karomov G‘ulom Hamidovich

XV–XVII ASRLARDA TARIXIY NASR TARAQQIYOTI
Qodirjon Ergashev

XORAZMDA SUV YO‘LLARI, KEMACHILIK VA KEMASOZLIK TARIXI
Karimov Yashin