Skip to main content
Buxoro teatri tarixi

Buxoro teatri tarixi

No reviews
Uzbek
492 pages
2026
Fan
Mazkur monografiyada Buxorodagi anʼanaviy tomoşa sanʼatidan professional teatr şakllanişigaça bölgan tarixiy jarayon hamda Buxoro viloyati musiqali drama teatrining taraqqiyot bosqiçlari tadqiq etilgan. Kitobda maʼrifatparvarlik va jadidçilik muhiti, dastlabki teatr jamoalari, musiqali drama yönalişining şakllanişi, repertuar taraqqiyoti, rejissura va aktyorlik maktabining rivoji teatrşunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Şuningdek, Buxoro va Tojikiston teatrlari örtasidagi ijodiy aloqalar, Buxoro-yahudiy teatr jamoasi, gastrol jarayonlari, mahalliy kolorit hamda mustaqillik davrida tarixiy va zamonaviy mavzularning sahnaviy talqini yoritilgan. Monografiya sanʼatşunos va teatrşunoslar, tadqiqotçilar, soha muta­xassislari, professor-öqituvçilar, talabalar hamda özbek teatr sanʼati tarixiga qiziquvçi kitobxonlar uçun möljallangan.