
Tanlangan asarlar. I jild
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni sohibi To‘ra Mirzayevning “Tanlangan asarlar”ining birinchi jildiga uning ikki tadqiqoti – 1979-yilda nashr etilgan “Xalq baxshilarining epik repertuari”, 1968-yilda nashr etilgan “Alpomish dostonining o‘zbek variantlari” monografiyalari hamda folklorshunoslikka oid muhim maqolalari kiritilgan. “Xalq baxshilarining epik repertuari” monografiyasi ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda dostonchilikning umumiy masalalari, baxshilar o‘rtasidagi uslubiy ayirmaliklar, baxshining ijodkor va ijrochi sifatidagi o‘rni ko‘rib chiqilgan. Ikkinchi qismda esa, atoqli xalq shoiri Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining ijodi va repertuari misolida bir qator epik asarlar tahlil etilgan. “Alpomish” dostonining o‘zbek variantlari” monografiyasida “Alpomish” dostonining mumtoz variantlari qiyosan tahlil etilgan hamda o‘zbek eposi, jumladan “Alpomish” dostoni versiya va variantlarining yuzaga kelish tarixi haqida mulohazalar yuritilgan. Monografiyada dostonning badiiy xususiyatlari, syujeti, ayrim motivlar transformatsiyasi ko‘rib chiqilgan. Asar folklorshunoslar, adabiyotshunoslar, oliy o‘quv yurtlari filologiya fakultetlari professor-o‘qituvchilari, doktorantlar va talabalarga mo‘ljallangan.
O'xshash kitoblar
Yana Filologiya mavzusidagi kitoblar

ERTAKCHILIK VA ERTAK NASHRLARI
Asqarova Jamila

O‘ZBEK XALQ SEHRLI ERTAKLARIDA OBRAZLAR TIZIMI
Asqarova Jamila

O‘ZBEK FOLKLORSHUNOSLIGI SHAKLLANISHI VA TARAQQIYOTIDA HODI ZARIFOVNING O‘RNI
MIRZAYEVA BARNO TO‘RAYEVNA

PRETSEDENT NOMLАR TАDQIQI
Muxlisаxon Sаydаliyevа