Asosiy kontentga o'tish
O‘ZBEK FOLKLORSHUNOSLIGI SHAKLLANISHI VA TARAQQIYOTIDA HODI ZARIFOVNING O‘RNI

O‘ZBEK FOLKLORSHUNOSLIGI SHAKLLANISHI VA TARAQQIYOTIDA HODI ZARIFOVNING O‘RNI

MBMIRZAYEVA BARNO TO‘RAYEVNA
Sharhlar yo'q
O'zbekcha
152 sahifa
2023
Firdavs Shoh
Monografiyada bebaho xalq og‘zaki badiiy ijodi namunalarini to‘plash, o‘rganish bilan bir qatorda uni xalqqa taqdim qilish borasida salmoqli ishlarni amalga oshirgan filologiya fanlari doktori, professor Hodi Tillayevich Zarifovning xalq og‘zaki ijodini o‘rganishdagi nazariy qarashlari, ijodiy faoliyati, folklor asarlarini to‘plash va nashr etish prinsiplarini ishlab chiqish bilan bog‘liq o‘ziga xos nazariyalari hamda o‘zbek mumtoz adabiyotshunosligining tadqiqotchisi sifatida fan tarixida tutgan o‘rni yoritilgan. O‘zbek folklorshunosligining nazariy muammolariga doir 150 dan ziyod ilmiy asarlar yaratgan Hodi Zarifov o‘zbek dostonchilik maktablari, baxshi san’ati, xalq baxshi-shoirlarining hayoti, ijodi va repertuari, eposshunoslik, folklorshunoslik tarixi, marosim folklori, nazariy folklorshunoslik, folklor tekstologiyasi kabi dolzarb masalalarni o‘rganishga bag‘ishlangan asarlari bilan o‘zbek folklorshunosligi maktabiga asos solgan va uni jahonnning eng yetakchi ilmiy maktablaridan biriga aylantira olgan.