
MAQOL VA MAQOLSHUNOSLIK TADQIQI
Xalq tarixi va taqdiri, ruhiyat va dunyoqarashini bilishda maqol alohida o‘rin tutadi. Maqollarning paydo bo‘lishi insoniyat tarixi bilan bog‘liq. Maqol eng yaxshilar so‘zi bo‘lgani bois "otalar so‘zi", "donolar bisoti", "burungilar o‘giti", "el so‘zi" deb ham ataladi. Mazkur monografiyada o‘zbek maqolshunosligi tarixi, maqollarning to‘planishi va o‘rganilishi, maqollarning shakllanish omillari, maqolning og‘zaki va yozma adabiy janrlar tarkibida kelishi keng tadqiq etilgan. Shuningdek, mumtoz adabiy asarlarda qo‘llangan maqollar asosida maqollar evolyutsiyasi – tarixiy-tadrijiy rivojlanishi, o‘zgarishlari ilk bor qiyosiy-tarixiy usulda o‘rganilgan. Kitob folklorshunoslar, adabiyotshunoslar, oliy o‘quv yurtlarining filologiya fakulteti talabalari, ona tili va adabiyot o‘qituvchilari, umuman, barcha adabiyot ixlosmandlariga mo‘ljallangan.



