Asosiy kontentga o'tish
HAZRATI ALI HAQIDAGI XALQ QISSALARINING O‘ZBEK VA TURK VERSIYALARI

HAZRATI ALI HAQIDAGI XALQ QISSALARINING O‘ZBEK VA TURK VERSIYALARI

Sharhlar yo'q
O'zbekcha
244 sahifa
2026
Firdavs-Shoh nashriyoti
Mazkur monografiyada hazrati Ali haqidagi o‘zbek va turk xalq qissalari ilk bor qiyosiy-tipologik aspektda tadqiq etilgan. Unda xalq qissalari janrining nazariy asoslari, hazrati Ali turkumining genezisi va manbalari, qo‘lyozma hamda toshbosma nusxalari, syujet va motivlar tizimi, tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima munosabati, lingvopoetik xususiyatlari, obrazlar tizimi qiyosiy tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston va Turkiya fondlarida saqlanayotgan manbalar ilmiy tavsiflanib, ularning tipologik umumiylik va milliy o‘ziga xosliklari yoritilgan. Tadqiqot natijalari xalq qissalari nazariyasini rivojlantirish, turkiy xalqlar epik merosini qiyosiy o‘rganish hamda folklorshunoslik va adabiyotshunoslik sohalaridagi keyingi ilmiy izlanishlar uchun muhim ilmiy manba va metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.