Asosiy kontentga o'tish
Fantastik asarlarda badiiy psixologizm konsepsiyasi

Fantastik asarlarda badiiy psixologizm konsepsiyasi

KUKo'chimov Ulug'bek Qo'chqarovich
Sharhlar yo'q
O'zbekcha
123 sahifa
2024
Samo nashri
Monografiyada adabiyotshunoslik ilmidagi ruhiyat muammosi, jumladan, fantastik asarlarda psixologizm ko‘rinishlari, ularning qahramon xarakterini ochib berishdagi badiiy vazifalari, badiiy obrazda yozuvchining ruhiy olami, ma’naviy dunyoqarashi, go‘zallikni his qilishi, olam va odam haqidagi falsafiy qarashlari bilan bog‘liq muammolar yuzasidan ilmiy asoslangan konsepsiyalarni Amerika yozuvchisi Rey Bredberi va o‘zbek yozuvchisi Hojiakbar Shayxov fantastik asarlari misolida qiyosiy aspektda tadqiq etilgan. Tadqiqot uchun Rey Bredberining «Farengeyt bo‘yicha 451 daraja», «Muz va olov», «Qoqi gulidan sharob» va Hojiakbar Shayxovning «Tutash olamlar», «Ikki jahon ovozlari», «Noma’lum odamlar», «Olovdan chiqqan odam» singari fantastik roman, qissa va hikoyalari tanlangan. Tadqiqotda jahon va o‘zbek adabiyotshunosligida psixologizmning o‘rganilish muammolarini baholash, amerika va o‘zbek fantastik adabiyotining taraqqiyot bosqichlarini ilmiy-tasnifiy asoslash, Rey Bredberi va Hojiakbar Shayxov asarlarida umuminsoniy muammolarning badiiy talqinini ochib berish asosida qahramon ruhiyatining o‘ziga xos kashfini, personaj ruhiyatining bevosita yoki bilvosita tasvirlanishini qiyosiy-tipologik umumlashtirmada tahlil qilish, yozuvchilarning ayol ruhiyatini ochishda personaj nutqidan, ichki va tashqi portretdan foydalanish mahoratlarini komparativistik usulda o‘ziga xos adabiy-estetik xususiyatlari yuzasidan ijodiy-individual qiyosda nazariy-tipologik umumlashtirmalar chiqarish, yozuvchilar ma’naviy dunyoqarashi, qahramonlar ruhiyatining mushtarak va o‘ziga xos tomonlarining qiyosiy tadqiqini amalga oshirish monografiyaning asosiy maqsadini tashkil etadi. Monografiya adabiyotshunoslik, qiyosiy adabiyotshunoslik bilan qiziquvchi olimlar, tadqiqotchilar va filolog mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.