
FOLKLORSHUNOSLIKKA BAXSHIDA UMR
Ushbu kitobda o‘zbek folklorshunosligining nazariy masalalarini, xususan, o‘zbek mifologiyasi, afsona va rivoyatlar, ertaklar, mavsumiy marosim folklori, Navro‘z an’analari, nikoh to‘yi hamda bolalar hayoti bilan bog‘liq urf-odatlarga aloqador xalq qo‘shiq va aytimlarini to‘plash, chop etish, genezisi va poetikasini etnofolkloristik, qiyosiy o‘rganish metodologiyasini takomillashtirgan, shu asosda barkamol avlodni tarbiyalash ishiga katta hissa qo‘shgan taniqli folklorshunos olim, filologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Mamatqul Jo‘rayevning ko‘pchilik yoshlarga o‘rnak bo‘larli serqirra ilmiy-ijodiy yo‘li haqida so‘z yuritilgan. Kitobda olimning umri davomida (1956-2021) o‘zbek folklorshunosligi taraqqiyotiga qo‘shgan samarali ulushi, yaratgan ilmiy asarlarining dolzarbligi, yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati, xalqimiz og‘zaki ijodi durdonalarini to‘plash, nashr qilish, ilmiy o‘rganish va tashviq qilish borasidagi izlanuvchanligi, tashabbuskorligi, fidoyiligi va tadqiqotchilik mahorati yoritilgan. Kitob folklorshunoslik tarixi bilan qiziquvchi, xalqimiz qadriyatlarini e’zozlovchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
O'xshash kitoblar
Yana Filologiya mavzusidagi kitoblar

ALISHER NAVOIY HAYOTI VA IJODINI O‘QITISHGA INNOVATSION YONDASHUV
Iroda Ishonxanova

Yosh ko‘ngil. Oybek – kecha va bugun
Ulug‘bеk HAMDAMOV

KENJA BOTIR
Shomirza Turdimov, Jamila Asqarova, Zebiniso Rasulova, Abdukamol Abdujalilov

OLTIN TARVUZ
Shomirza Turdimov, Jamila Asqarova, Zebiniso Rasulova, Abdukamol Abdujalilov