Asosiy kontentga o'tish
ERKIN A’ZAM – SARKAZM USTASI

ERKIN A’ZAM – SARKAZM USTASI

(hayoti va ijodi haqida ilmiy monografiya)

MQMarhabo Qo'chqorova
Sharhlar yo'q
O'zbekcha
264 sahifa
2024
Fan
Mazkur ilmiy monografiyada O‘zbekiston xalq yozuvchisi, sarkazm ustasi – Erkin A’zamning hayoti va ijodi tahlil etiladi. Yozuvchi o‘zbek adabiyotiga XX asrning 70-yillari boshida ilk hikoyalari bilan kirib keldi. Uning dastlabki ijodiy bosqichida liro-romantik uslub yetakchilik qilgan bo‘lsa, 80-yillardan e’tiboran kinoya, istehzo, piching, so‘z o‘yinlari, sarkazm, niqobli obrazlilik, parodiya, halqali-kinoyaviy ramz, paradoks, kulgi, satira, yumor, mubolag‘adorlik kabi badiiy shartlilik vositalari keng qo‘llanildi. Adibning so‘nggi yillar nasrida sarkazm ustivorlik qilmoqda. Tadqiqotda Erkin A’zam ijodi bir butun holda tadqiq etildi. Erkin A’zamning badiiy asarlari kabi publitsistikasi ham rang-barang. Yozuvchi publitsistikasi kuchli ijtimoiy, zamonaviy muammolar tanqidi, ularni tuzatish borasidagi muallifning dadil, taklif va mulohazalari bilan boyitilgan. Kitob filolog mutaxassislar, talabalar, keng adabiy jamoatchilikka mo‘ljallangan. Shuningdek, yangi o‘zbek adabiyotining yirik vakili Erkin A’zam ijodiga qiziquvchi barcha muxlislarga atalgan