Asosiy kontentga o'tish
A

AREAL LINGVISTIKA: LINGVISTIK XARITA VA ATLASLAR

Sharhlar yo'q
O'zbekcha
96 sahifa
2021
Mazkur monografiyada areal lingvistika fanining paydo bo‘lishi, shakllanishi, boshqa fanlar bilan aloqadorligi, sohaga oid tadqiqotlar tavsifi, fanning tadqiq usuli, metodlari hamda lingvistik xarita va atlaslarning o‘ziga xos xususiyatlari, lingvistik atlaslarga oid tadqiqotlarning rivojlanish sabablari, lingvistik atlas yaratishning nazariy asoslari, xaritalashtirish ishlarining tashkillashtirilishi tadqiq etilgan. Lingvistik atlas yaratish tamoyillari tilshunoslikda ma’lum bo‘lgan tamoyillar asosida ishlab chiqilgan, bunda o‘rganilayotgan hodisaning bitta belgisiga tayanib tamoyil yaratilgan va tavsiyalar berilgan. Undan tilshunoslik ilmi bilan shug‘ullanuvchi tadqiqotchilar, oliy o‘quv yurti o‘qituvchilari, bakalavr yo‘nalishi talabalari, tilshunos magistrantlar, geograflar, etnograflar, umuman, shu sohaga qiziquvchi kishilar foydalanishi mumkin. Asosan, “Areal lingvistika” fanini o‘qitishda ahamiyatli hisoblanadi.