Skip to main content
O‘zbek tili enantiosemik so‘zlarining izohli lug‘ati

O‘zbek tili enantiosemik so‘zlarining izohli lug‘ati

NMNizomiddin MAHMUDOV + Yorqinjon Odilov
No reviews
Uzbek
279 pages
2026
Yashil yaproq nashriyoti
Ma’noning shakliy-moddiy ifodalanishi, lisoniy birlikdagi turfa ziddiyat va shakldagi ma’noning o‘zgarishi, taraqqiyoti benihoya murakkab jarayon bo‘lib, tilday sirli olamning tabiiy takomilini ta’min etadigan bu zaruriy jarayonlarning qonuniyatlarini inkishof etish til ilmidagi azaliy va abadiy vazifalardandir. Lug‘atda o‘zbek tilining ana shunday ma’no taraqqiyoti mahsuli bo‘lgan birliklarning, milliy tilimizning ifoda imkoniyatlarini namoyon etadigan 300 dan ortiq so‘z va iboralarning enantiosemik ma’nolari aniq misollar asosida tavsiflangan. Bu lug‘at zamonaviy leksikografiyadagi ilk ishlardandir. Lug‘atdan filologiya yo‘nalishidagi tadqiqotchilar, bakalavriat va magistratura talabalari, ona tili va adabiyot o‘qituvchilari, doktorantlar, umuman, so‘z olamining sinoatlari bilan astoydil qiziquvchi, til taraqqiyoti qonuniyatlariga befarq bo‘lmagan barcha kishilar foydalanishlari mumkin.