Skip to main content
Ekologik barqarorlikni ta'minlashda jamoatchilik nazorati

Ekologik barqarorlikni ta'minlashda jamoatchilik nazorati

No reviews
Uzbek
132 pages
Ekologik barqarorlik — bu insoniyat va tabiiy muhit o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash, resurslardan oqilona foydalanish va kelajak avlodlar uchun yashash sharoitlarini saqlab qolish jarayonidir. Bugungi kunda ekologik muammolar, iqlim o‘zgarishi, biologik xilma-xillikning kamayishi va tabiiy resurslarning cheklanishi kabi masalalar global miqyosda dolzarb ahamiyatga ega. Ushbu muammolarni hal etishda jamoatchilikning roli beqiyosdir, chunki insonlar o‘z hayotida tabiiy muhit bilan bevosita aloqada bo‘ladi, ularning harakatlari ekologik barqarorlikka ta’sir ko‘rsatadi. Jamoatchilikning ekologik barqarorlikni ta’minlashdagi o‘rni bir qator omillarga bog‘liq: ijtimoiy ong, ta’lim darajasi, madaniy qadriyatlar va iqtisodiy shart-sharoitlar. Jamoatchilikning faol ishtiroki, ekologik masalalarga bo‘lgan munosabati va o‘zini tutishi orqali barqaror rivojlanishga hissa qo‘shishi mumkin. Maqsad — jamoatchilik va ekologik barqarorlik o‘rtasidagi munosabatlarni chuqur tahlil qilish, shuningdek, jamoatchilikning ekologik masalalarga bo‘lgan munosabatini yaxshilash uchun zarur bo‘lgan tavsiyalarni ishlab chiqishdir. Monografiya ekologik muammolar va ekologik nazorat masalalari bilan qiziqqan mutaxassislar, izlanuvchilar, talabalar va keng xalq ommasiga mo‘ljallangan.