
Onomastikaning tarkibiy qismi bo‘lgan o‘zbek tilining ergonimik makrotizimi ilk bor monografik planda o‘rganilgan. Tadqiqot ishi uchun Toshkent shahri ergonimikonidan o‘rin olgan 10 000dan ortiq ergonimlar asos qilib olingan. Ba’zi o‘rinlarda ergonimlarning hududiy xoslanishi masalalarini tahlil qilishda boshqa hududlaridagi nomlardan ham foydalanilgan. Monografiya ergonimlarning struktur-semantik, pragmatik va lingvomadaniy xususiyatlari tahliliga bag‘ishlangan bo’lib, unda o‘zbek tilining ergonimik makrotizimi, tarkibiy qismlari, shuningdek, o‘zaro aloqadorlikda bo‘lgan neymimg, reklama kabi sohalar uyg‘unligi, ergonimlarning atalish tamoyillari va nominatsiya qonuniyatlari, struktur va derivatsion xususiyatlari, ergonimlar nominatsiyasida informativlik, kommunikativ natijaviylik, nutqiy ta’sir ko‘rsatish, ishoraviylik va axborot ifodalash hodisasi, ergonimlarning milliy-madaniy xususiyatlari kabi masalalar o‘rganilgan.
O'xshash kitoblar
Yana Filologiya mavzusidagi kitoblar

ALISHER NAVOIY HAYOTI VA IJODINI O‘QITISHGA INNOVATSION YONDASHUV
Iroda Ishonxanova

Yosh ko‘ngil. Oybek – kecha va bugun
Ulug‘bеk HAMDAMOV

FOLKLORSHUNOSLIKKA BAXSHIDA UMR
Munis Jo'rayeva

KENJA BOTIR
Shomirza Turdimov, Jamila Asqarova, Zebiniso Rasulova, Abdukamol Abdujalilov