Перейти к контенту
QIYOSIY FOLKLORSHUNOSLIK
JEJabbor Eshonqul + Feruza Abduraxmonova
Отзывов нет
Узбекский
220 стр.
2026
GRAND KONDOR PRINT
Mazkur o‘quv qo‘llanma – Xalq ijodiyoti (folklor va etnografiya) mutaxassisligi magistrlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda fanning mazmun mohiyati va nazariy asoslari, folklor janrlarining, xususan mif va uning qiyosiy tahlili, epik janrlar va yozma adabiyot, epos va marosim folklorining qiyosiy tahlili, “Alpomish” dostonining variant va versiyalarining qiyosiy o‘rganilishi, “Alpomish” dostoni va “Odisseya”, “Alpomish” va “Manas” “Gо‘rо‘g‘li” turkum dostonlari versiyalarining qiyosiy о‘rganilishi, “Alpomish” dostoni va “Dada Qo‘rqut kitobi”dagi tutqunlik motivining qiyosiy tahlili, “Rustamxon” va “Murodxon” dostonlari, Xorazm “Oshiq” turkum dostonlari, o‘zbek xalq ertaklari, o‘zbek xalq qo‘shiqlarining qiyosiy o‘rganilishi kabi o‘ziga xos jihatlar tahlil qilinishi bilan ahamiyatlidir. O‘quv qo‘llanmada folklor janrlariga oid barcha qiyosiy tahlillar tarixiy-etnografik materiallar va ilmiy adabiyotlar orqali asoslanadi. Bu fan orqali magistrlar folklor materiallarini qiyosiy о‘rganish asnosida uning milliy ma’naviyatimizda tutgan о‘rni, badiiyati haqida atroflicha tasavvurga ega bо‘ladilar. Folklor matnlarini qiyosiy tadqiq etish metodlari bilan tanishadilar, folklor matnini variant va versiyalarga qiyoslab tadqiq etish metodlari ustida ish olib borish bilan birga, folklor asarlarini dunyo folklori namunalari va yozma adabiyotga qiyoslab о‘rganish kabi bilimlarga ega bo‘ladilar.