
Ogahiy hikmatlari
Mutafakkir shoir Ogahiy chuqur maʼnoli hayotiy pand-nasihatlar hamda keng bilim va teran tafakkur mahsuli boʻlmish falsafiy mushohadalar asosida yaratilgan bir necha oʻnlab mavʼiza sheʼrlar va turli asarlari ichida kelgan koʻplab hikmatli soʻzlar muallifi hisoblanadi. Mazkur majmuada donishmand soʻz sanʼatkorining eng mashhur, purmaʼno va badiiy yuksak hikmatlari saralab olinib, mavzu doirasiga koʻra fasllarga ajratib berildi. Bu tasnif oʻquvchiga oʻzi xohlagan mavzudagi hikmatni oson topib olishiga qulaylik yaratadi. Ushbu hikmatlar majmuasi talabalar va magistrlar tomonidan turli tillarga tarjima qilish maqsadida tuzilganligi jihatidan hikmatlarning asl matni keltirilishi barobarida matn osti havolasida ular tarkibidagi tushunarsiz soʻz va iboralar izohi berildi. Ayni paytda mumtoz matnlar magʻzini chaqish hozirgi oʻquvchiga qiyinchilik tugʻdirishini hisobga olib, har bir hikmatdan keyin uning mazmuni loʻnda qilib sharhlandi. Bu usul oʻquvchiga hikmatlar mazmunini har tomonlama keng va chuqur tushunishi uchun katta imkoniyat yaratadi.
Похожие книги
Другие книги в категории Филология

ALISHER NAVOIY HAYOTI VA IJODINI O‘QITISHGA INNOVATSION YONDASHUV
Iroda Ishonxanova

Yosh ko‘ngil. Oybek – kecha va bugun
Ulug‘bеk HAMDAMOV

FOLKLORSHUNOSLIKKA BAXSHIDA UMR
Munis Jo'rayeva

KENJA BOTIR
Shomirza Turdimov, Jamila Asqarova, Zebiniso Rasulova, Abdukamol Abdujalilov